Samarqandda hokimlik yeri uchun 50 ming dollar va Nexia-3 talab qilganlar ushlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida hokimlikning 1 gektar yeri uchun 50 ming dollar va Nexia-3 talab qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi fermer xo‘jaligi raisi tuman hokimligida bosh mutaxassis lavozimida ishlovchi qarindoshi bilan o‘zaro kelishgan holda, o‘zi rahbarlik qilayotgan fermer xo‘jaligiga qarashli sug‘oriladigan 1 gektar yer maydonini hokimlik zaxirasiga qaytarib, so‘ngra uni issiqxona tashkil qilmoqchi bo‘lgan Samarqand shahrida yashovchi fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga undan 50 ming AQSH dollari va Nexia-3 avtomashinasi talab qiladi.

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida ushbu shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing