Jizzaxda fuqaroni 18 ming dollar evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
3-sahifa
−
15 aprel
2519G‘allaorol tumanida fuqaroni 18 ming dollar evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu holat departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan G‘allaorol tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. Muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.X. va A.A. fuqaro Yu.Q.ning ishonchiga kirib, go‘yoki uni 18 ming AQSH dollari evaziga Yevropa davlatlari orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishini aytib, 2 ming AQSH dollari va 200 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Jizzax va Navoiy viloyatlarida AQSHga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlangandi.
LiveBarchasi