Samarqandda 9 kun ichida 4 go‘dak o‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 20-29 fevral kunlari oralig‘ida Samarqand viloyatida 4 nafar go‘dak o‘limi qayd etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimligida 20-29 fevral kunlari viloyatda sodir bo‘lgan go‘daklar o‘limi bilan bog‘liq holatlar muhokama qilingan.

Hisobot davrida viloyatda jami 4 nafar go‘dak vafot etgan: Oqdaryo tumanida 2 nafar, Nurobod va Urgut tumanlarida 1 nafardan bola o‘lgan.

“Prokuratura organlari tomonidan tibbiyot xodimlarining qo‘ygan tashxislari va go‘daklar o‘lim sabablari, mas’ullarning harakati yoxud harakatsizligi masalalari o‘rganilayotganligi va tez kunda yakuniy xulosa e’lon qilinishi ma’lum qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq QALAMPIR.UZ Samarqandning Pastdarg‘om tumanida olti oy ichida farzandini dunyoga keltirish uchun tug‘uruqxonaga borgan 6 ayolning jasadi chiqqani, 3 norasidaga tug‘ilmay turib tobut hozirlangani haqidagi filmni e’lon qilgandi. “Roddom”dan chiqqan dodlar” maxsus filmini QALAMPIR.UZ’ning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing