Samarqand yana bir xalqaro tadbirga mezbonlik qiladi
Jamiyat
−
14 may 2023 12398 1 daqiqa
Joriy yilning 16-18 may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Avstriya federal moliya vaziri bilan uchrashganida, Magnus Brunner YeTTB Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishiga shaxsan o‘zi raislik qilishini ta’kidlagan.
Ma’lumot uchun, YeTTBning aksiyadorlari 71 davlat, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsiya banki hisoblanadi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan YeTTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishida 2000 ga yaqin xorijiy hukumat vakillari, transmilliy korporatsiyalar rahbarlari, xalqaro moliya institutlari va banklari rahbarlari, iqtisodiyot, investitsiyalar, moliya va texnologiyalar sohasidagi ekspertlar, xorijiy OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Tadbir davomida jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan tendensiyalar muhokama qilinadi, shuningdek, bank amaliyoti va moliyaviy faoliyati bilan bog‘liq institutsional masalalar ko‘rib chiqiladi.
Live
Barchasi