Samarqand viloyatiga yangi soliqboshi tayinlandi

Jamiyat

image

Alovitdin Inagamov Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Alovitdin Xusnitdinovich Inagamov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Alovitdin Inagamov bunga qadar Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Alovitdin Inagamov soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 2002 yilda Toshkent shahri Yunusobod tumani DSI Buxgalteriya hisobi va ta’minoti bo‘limi 1-darajali hisobchisi lavozimidan boshlagan. U 2002 yildan 2019 yilgacha Toshkent shahrining bir qator tuman DSIlarida va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida turli lavozimlarda ishlagan. 

Alovitdin Inagamov Soliq xizmatining I darajali maslahatchisi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand tayinlov

Baholaganlar

277

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing