Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
08 may 2021
9393Botirjon O‘tkirovich Nurullayev Samarqand viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Nurullayev 1969 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2005 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha iqtisodchi-tashkilotchi, bank ishi.
Mehnat faoliyatini 1990 yilda Samarqand tumanidagi jamoa xo‘jaligida iqtisodchilikdan boshlagan va so‘ngra bank idoralarida mehnat qilgan.
2002-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvchisi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. Keyinchalik Rossiya Federatsiyasi “Volovskiy broyler” ochiq aksiyadorlik jamiyati (2011-2017), “Tau Tools U” ochiq aksiyadorlik jamiyati bosh direktori (2018) sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Nurullayev 2018 yilning 1 avgustidan Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi