Samarqand shahar DSIga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

​​Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasining Telegram kanalida xabar berildi.

Nodir Bahrillayevich Namozov Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Nodir Namozov 1978 yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand moliya kollejini, 2005 yilda Toshkent moliya institutini, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha moliyachi, soliqlar va soliqqa tortish, siyosatshunoslik mutaxassisliklariga ega.

U soliq tizimidagi mehnat faoliyatini Samarqand viloyati Urgut tumani davlat soliq inspeksiyasi kompyuter guruhi davlat soliq inspektori lavozimidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Urgut tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat soliq qo'mitasi

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing