“Samarqand noni” ham patentlandi
Jamiyat
−
05 fevral
15909“Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 fevral kuni dunyoga mashhur “Samarqand noni” Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining ko‘magi bilan geografik ko‘rsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov kecha, 4 fevral kuni Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich hujjatini topshirgan.
Ma’lumot uchun, Adliya vazirligi geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. “Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, tovarni muayyan geografik ob’ekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik ko‘rsatkich deb e’tirof etiladi. Unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bog‘liq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 24 avgust kuni “G‘ijduvon shashlik”, 2024 yil 8 yanvar kuni esa “G‘uzor tandir go‘shti” geografik ko‘rsatkich sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi