Samarqand davlat tibbiyot universiteti jahon tashkilotlari nigohida
Biznes
−
08 Oktabr 2025 4204 2 daqiqa
Joriy yilning 6–8 oktyabr kunlari Samarqand shahrida “Stomatologiyada sun’iy intellekt istiqbollari” mavzusidagi xalqaro kongress o‘tkazildi. Jahon stomatologlar tashkiloti, Xalqaro stomatologlar assotsiatsiyasi hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan mazkur kongressda mamlakatimiz bilan bir qatorda AQSH, Germaniya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Marokash, Finlyandiya kabi dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlaridan 50 dan ziyod mutaxassislar ishtirok etdi.
.jpg)
Kongress ochilishida so‘zga chiqqanlar tashkil etilgan anjumanning sog‘liqni saqlash tizimini va stomatologik xizmat sifatini yanada oshirish, uni jahon andozalariga moslash hamda sun’iy intellektning diagnostika, davolashni rejalashtirish va o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvini ta’minlashdagi ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
.jpg)
.jpg)
Kongress davomida stomatologiya sohasidagi eng zamonaviy texnologiyalar va yangi uskunalar namoyishi tashkil etildi. Shuningdek, "Ortodontiyada zamonaviy mikroelementlar", "Tishlar reabilitatsiyasining zamonaviy usullari", "Zamonaviy implantologiyada sun’iy intellekt", "Stomatologiya va ta’limda sun’iy intellekt istiqbollari", "Bolalar stomatologiyasi istiqbollari" kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruzalar tinglanib, mahorat darslari namoyish etildi.
.jpg)
.jpg)
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, kongress doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti va dunyoning yetakchi stomatologik texnologiyalar ishlab chiqaruvchi “Planmeca” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
.jpg)
Zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion o‘qitish usullari orqali stomatologik ta’limni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish, texnologik rivojlanishda hamkorlikda ish yuritishga qaratilgan mazkur hamkorlik mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimiga jahon standartlarini joriy etishda muhim o‘rin egallaydi.
.jpg)
Dunyo stomatologlarini jam qilgan kongress davomida xorijlik hamda Respublikamiz stomatologlarining bir qismi tantanali ravishda Jahon stomatologlar assotsiatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.

Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi