Samarqand Anqara bilan birodarlashadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga tashrif buyurgan Turkiya Respublikasi poytaxti Anqara shahri meri Mansur Yavash boshchiligidagi delegatsiya Samarqandda bo‘ldi.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov mehmonlarni kutib oldi hamda bu tashrif qardosh do‘stlarning uchrashuvi, samimiy muloqoti ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya Respublikalari Prezidentlari sa’y-harakati bilan ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, yangi bosqichda davom etayotgani qayd etildi. 

Ayniqsa, turkiyalik tadbirkorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotgani tufayli o‘zaro hamkorlikda ikki tomon uchun ham manfaatli loyihalar amalga oshirilmoqda. Samarqandda ham tekstil, qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm sohalarida Turkiya bilan yaqin hamkorlikda ish olib borilmoqda.

E.Turdimov aloqalarni yanada rivojlantirish, Samarqand va Anqarada tadbirkorlarning biznes forumlarini uyushtirish, o‘zbek va turk xalqlari madaniyati kunlarini o‘tkazish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi.

Turkiya poytaxti meri bu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda kelgusida Anqara va Samarqand shaharlari o‘rtasida birodarlashuv masalasi ko‘rib chiqilayotgani, O‘zbekistonda ziyorat turizmni rivojlantirish borasidagi ishlarda Anqara tomoni ham faol ishtirok etish istagida ekanini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Anqara

Baholaganlar

20

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing