Samarqand hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Zebo Behbudovna Saidova tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tayinlov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevning tegishli qarori bilan amalga oshirilgan.

Ma’lumot uchun, Zebo Saidova 1978 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. U mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 2018 yildan beri Samarqand viloyati hokimi sifatida ishlab kelayotgan Erkinjon Oqbo‘tayevich Turdimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga esa Adiz Muzaffarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand o'rinbosar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing