Samarqandda 11-sinf o‘quvchisini yuk poyezdi urib yubordi. Jabrlanuvchi vafot etdi
3-sahifa
−
20 mart 2021
6842Joriy yilning 18 mart kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yuk poyezdi maktab o‘quvchisini urib yubordi. Natijada jabrlanuvchi vafot etdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.
Hodisa soat taxminan 07:53 da Kattaqo‘rg‘on-28 razezd temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 3803-kilometr 7-piketida yuz bergan. Yuk poyezdi “Qushbegi” mahallasida yashagan, 35-maktabning 11-sinf o‘quvchisi E.B.ni urib yuborgan.
Fuqaro E.B. temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan yuk poyezdini o‘tkazib, keyin yo‘lda davom etish uchun temir yo‘l yonida turgan. U orqadan kelayotgan sinfdoshlarini kutib turganida yon sumkasi yuk poyezdiga tegib, poyezd uni sudrab ketgan. Natijada o‘quvchi bosh qismidan jarohat olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu kuni vafot etgan.
Mazkur holat mahalla va ta’lim muassasasida jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.