Samarqand viloyati Adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
04 mart 2019
12986Bugun, 4 mart kuni Salohiddin Samadovich Nuriyev Samarqand viloyati Adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Salohiddin Samadovich Nuriyev 2014-2018 yillarda Namangan viloyatida hamda 2018 yildan bugungi kunga qadar Qashqadaryo viloyatida adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Bu lavozimda bugungacha Akram O‘tamurodovich Xalilov faoliyat olib borgan. Akram Xalilov O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markaziga rahbar etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Hisob palatasining sobiq raisi Muzraf Ikramov Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egallagandi.
LiveBarchasi