Samarqand shahridagi hunarmandlar markazi yonib ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 13 fevral tonggi soat 3.00 larda Samarqand shahridagi "Samarqand hunarmandlar markazi"da yong‘in sodir bo‘lgan.

Samarqand shahridagi yong‘inni o‘chirish guruhi tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida binoning katta qismi yong‘indan saqlab qolingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida markazning bir qismi zarur ko‘rgan va bu yerda faoliyat yuritayotgan uch-to‘rt nafar hunarmandning hunarmandchilik mahsulotlari yonib ketgan.

Yong‘inni kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand hunarmand

Baholaganlar

46

Reyting

2.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing