Samara viloyatida migrantlar ishtirokida mojaro yuz berdi

Olam

image

Rossiyaning Samara viloyatida, Qozog‘iston bilan chegarada markaziy osiyolik migrantlarning Rosgvardiya xodimlari bilan to‘qnashuvi yuz berdi.

Xabar qilinishicha, Samara oblastida chegara yonida Qozog‘iston orqali uyiga qaytishga urinayotgan O‘zbekiston va Tojikistondan bo‘lgan bir necha yuz migrant to‘plangan. Ammo koronavirus pandemiyasi sababli Qozog‘iston chegarasi yopiq bo‘lib, chegara oldida to‘planganlar chodirli lagerda yashamoqda.

Ta’kidlanishicha, migrantlar chegarani kesib o‘tishga uringan. Ijtimoiy tarmoqda bir necha yuz kishi yo‘lda ketayotgani, formali odamlar esa ularni to‘xtatishga urinayotgani aks etgan video tarqaldi. Migrantlar tomon kaskali, qalqon va rezina tayoqlar bilan qurollanganlar yugurib kelgan. Orada to‘qnashuv yuz bergan.

“Mendagi ma’lumotga ko‘ra, bu kecha, 3 avgustda sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar, qo‘lga olinganlar yo‘q. Buni to‘qnashuv deyish qiyin, shunchaki ko‘tarilish bo‘lgan. Hozirda chodirli lagerda xotirjamlik, u yerda hech narsa sodir bo‘lmayapti”, dedi Samara oblasti hukumati vakili.

RasmiyToshkent, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi fuqarolardan noxush epidemiologik vaziyat bois yopiq bo‘lgan Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘planmaslikni so‘ramoqda. Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolaridan ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on xabarlarga ishonmaslik va o‘zlari bo‘lib turgan hududda qolish so‘ralmoqda.

Rosgvardiya mojaro sodir bo‘lganini, ammo to‘qnashuvlarda ularning vakillari ishtirok etmaganligini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing