Salonida 2 kishi bo‘lgan Nexia Qorasuv daryosiga quladi (video)

Jamiyat

Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan Bektemir-G‘azalkent yo‘nalishida harakatlanayotgan Nexia rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida Qorasuv daryosiga tushib, oqib ketadi.

Mashina ichidagi haydovchi va bir nafar yo‘lovchi daryodan suzib chiqqan. 1 iyuldan deyarli bir sutka davom etgan qidiruv ishlaridan so‘ng, suv ostida qolib ketgan avtomobil topildi. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati taqdim etgan videoda oq rangli Nexia kran va qutqaruvchilar yordamida suvdan olib chiqilayotganini ko‘rish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlariga maxsus texnikalar, 10 nafar xodim, jumladan 4 nafar g‘avvos jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qorasuv

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing