Saloh Jerrardni ortda qoldirib, APL rekordini o‘rnatdi

Sport

image

“Liverpul” vingeri Muhammad Saloh Angliya chempionati tarixida “Old Trafford”da “Manchester Yunayted” darvozasiga 6 ta gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saloh bu borada APLda Manchester klubida stadionida 5 ta gol urgan “mersisaydliklar”ning sobiq sardori Stiven Jerrardni ortda qoldirgan.

Joriy mavsumda Muhammad Saloh ingliz klubi safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, 31 yoshli futbolchining qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.

Qayd etish joiz, kecha, 7 aprel kuni APLning navbatdagi turi doirasida “Liverpul” safarda “Manchester Yunayted” bilan durang 2:2 hisobida o‘ynadi.


Maqola muallifi

Teglar

Liverpul' Muhammad Saloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing