Saloh mening barcha rekordlarimni yangilaydi – Drogba

Sport

image

Londonning “Chelsi” klubi safida UEFA chempionlar ligasida zafar quchgan Dide Drogba “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

“Agar Saloh xuddi shu ruhda o‘ynashda davom etsa, u mening barcha rekordlarimni yangilaydi”, deydi Drogba.

Kot-d’Ivuar terma jamoasi sobiq sardori hisoblangan Drogba Angliya chempionati tarixidagi eng sermahsul afrikalik futbolchi edi. Muhammad Saloh esa Didening rekordini yangiladi. Misrlik futbolchi hisobida 107 ta gol bor, ivuarlik futbolchi esa raqiblar darvozasiga 104 gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, mersisaydliklar klubining sobiq hujumchisi Fernando Torres Muhammad Salohni ayni paytda dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olishini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Dide Drogba UEFA Chempionlar ligasida gol urish bo‘yicha afrikalik futbolchilar ichida eng yaxshi natijani qayd etgan – 44. Saloh hisobida esa 33 ta gol mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Liverpul' Muhammad Saloh Did'e Drogba Fernando Torres

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing