Saloh faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini “Atletiko Madrid”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Thescore” nashri xabar berdi.

Misrlik hujumchi mersisaydliklar safida to‘qqiz yil o‘ynaganidan so‘ng, mavsum oxirida ingliz klubini tark etadi. Shu vaqt davomida Saloh 441 ta o‘yinda maydonga tushib, 257 ta gol urdi va 122 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manbaga ko‘ra, avvalroq Saudiya Arabistoni klublari 33 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar hisoblangan, ammo hozir “Atletiko Madrid” ham unga qiziqish bildirmoqda. Biroq Madrid klubi bunday transferni amalga oshirish juda qiyin bo‘lishini tan olmoqda.

“Saloh yuqori darajadagi futbolchi va albatta, har qanday Yevropa klubi uni qo‘lga kiritishni istaydi. Biroq hozircha rasmiy harakatlar bo‘lmadi. Asosiy muammo — uning yuqori maoshi bo‘lib, u klubning hozirgi moliyaviy tuzilmasiga mos kelmaydi”, deydi “Atletiko”ga yaqin manba.

Saloh hozirda yiliga 20 million funt sterlingdan ortiq maosh oladi va aynan moliyaviy talablar uning Ispaniya klubiga o‘tishidagi asosiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Agar misrlik futbolchining o‘zi faoliyatini top-5 chempionatlaridan birida davom ettirishni istasa va oylik maoshini kamaytirishga rozi bo‘lsa, Madrid klubi Salohni o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Saloh “Liverpul'” “Atletiko Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing