“Salimboyvachcha”ni yo‘qlab O‘zbekistonga o‘tgan deputatning g‘oyib bo‘lishiga oid ma’lumot berildi

Olam

image

Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblanayotgan deputat Emil Jamg‘irchiyev kecha, 9 yanvar kuni mamlakat parlamenti binosida g‘oyib bo‘lgan. U binoning ikkinchi qavatidan sakrab, qochib ketgani aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jamg‘irchiyev kecha, 9 yanvar kuni parlamentda matbuot anjumani o‘tkazishi kerak bo‘lgan, biroq unda qatnashmagan. 

Keyinroq parlamentga huquq-tartibot idoralari vakillari kelgan. Deputat shundan so‘ng g‘oyib bo‘lgan. U binoning ikkinchi qavatidan sakrab qochgan va qaytib kelmagan. Uning qayerdaligi hozircha noma’lum.

Ijtimoiy tarmoqlarda deputat Emil Jamg‘irchiyevning parlament binosining ikkinchi qavatidagi derazadan sakrab tushgani tasvirlangan kadrlar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, qirg‘izistonlik deputat Emil Jamg‘irchiyev qirg‘iz-o‘zbek chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda ayblanmoqda. Jamg‘irchiyev o‘zbekistonlik “Salimboyvachcha” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevdan yordam so‘ragan, u bilan yashirin uchrashuv o‘tkazish uchun 2022 yil dekabr oyida chegarani noqonuniy kesib o‘tib, Toshkentga borgan. 

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tomonidan Jinoyat kodeksining 378-moddasi (Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jamg‘irchiyev qidiruvga berilgan. O‘zbekiston tomoni ham uni hibsga olishga qaror chiqargan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Salimboyvachcha Emil Jamg'irchiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing