Saidjamshid Jafarov raqibiga imkoniyat qoldirmadi
Sport
−
26 Oktabr 2021
3107Bugun, 26 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha Jahon chempionatining ikkinchi kungi bahslari start oldi.
Dunyo birinchiligida 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Saidjamshid Jafarov ilk jangida Slovakiya vakili Lukas Fernezaga qarshi ringga ko‘tarilib, g‘alaba qozondi va keyingi bosqichga yo‘l oldi. Unga yaponiyalik Yuito Morivaki raqiblik qiladi.
Buxorolik 22 yoshli bokschi joriy yil BAAning Dubay shahrida o‘tgan Osiyo chempionatida olin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 51 kg vazn toifasida ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov ilk jangini qozog‘istonlik Saken Bibossinov qarshi ringga ko‘tarilib, mag‘lubiyatga uchradi.
Shuningdek, 80 kg vazn toifasida Odiljon Aslonov ilk jangini tanzaniyalik Yusuf Changalaveyga qarshi o‘tkazishi lozim edi. Ammo raqib noma’lum sabablarga ko‘ra jangga chiqmaydigan bo‘ldi va buxorolik bokschi avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo‘l oldi.
LiveBarchasi