Saidov Rubio va uning o‘rinbosari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 5 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda o‘ta muhim minerallar bo‘yicha Vazirlar yig‘ilishida doirasida AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va uning birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“AQSH Davlat kotibi Marko Rubio janoblari bilan keng qamrovli va mazmunli muloqot o‘tkazganimizdan mamnunmiz. Unda ikki tomonlama kun tartibigina emas, balki global miqyosdagi eng dolzarb masalalar ham muhokama qilindi”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Uning bildirishicha, uchrashuvda yaqinda tashkil etilgan “Tinchlik kengashi” mojarolardan jabr ko‘rgan hududlarda barqarorlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi samarali platformaga aylanib borayotgani, millionlab insonlarga yanada xavfsiz va munosib kelajak sari umid bag‘ishlayotgani alohida ta’kidlangan.

Shuningdek, ular umumiy chaqiriqlarni hal etish, xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash hamda barqaror rivojlanishni ilgari surish yo‘lida hamkorlikni davom ettirishga bo‘lgan mushtarak intilishni yana bir bor tasdiqlagan.

Bundan tashqari, Saidov AQSH Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan samarali uchrashuv o‘tkazgan. Ular o‘rtasidagi muhokamalar, eng avvalo, Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirishga qaratilgan.

“Shuningdek, 2026 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama kun tartibi yuzasidan fikr almashdik hamda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishlarimizni tasdiqladi”, deydi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiiz, avvalroq o‘ta muhim minerallar bo‘yicha Vazirlar yig‘ilishida doirasida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati o‘rtasida muhim foydali qazilmalar va nodir yer elementlarini qazib olish hamda qayta ishlash sohasida ta’minot barqarorligi to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzolangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Marko Rubio Kristofer Landau

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing