Saidov Qozog‘iston TIVning yangi rahbari bilan gaplashdi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2025 3044 2 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan Yermek Kosherbayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram sahifasida yozdi.
Saidov mavqedoshini yangi lavozim bilan tabriklab, muhim missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi. Suhbat chog‘ida tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasida hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yo‘lida yaqindan hamkorlik qilishda davom etishi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning aprel oyidan buyon bosh vazir o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlab kelgan Murat Nurtleu 26 sentyabr kuni lavozimidan ozod etilgan va Prezidentning xalqaro investitsiyalar va savdo hamkorlik masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlangan edi. Yermek Kosherbayev yangi Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangandi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yermek Kosherbayev 1965 yil 2 may kuni Olmaotada tug‘ilgan. U Kirov nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamomlagan. Shuningdek, 1993 yilda SSSR Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasida “xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat” bo‘yicha tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 1988 yil yanvaridan may oyigacha Olmaotadagi 170-o‘rta maktabda tarix fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 1988–1991 yillarda Qozog‘iston SSR Tashqi ishlar vazirligida katta inspektor, ikkinchi kotib va birinchi kotib lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT Bosh Assambleyasi doirasida Ukraina TIV rahbari Andrey Sibiga bilan uchrashgandi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025