Saidov Hindistonning kattasiga Mirziyoyevning salomini yetkazdi

Olam

image

Kecha, 6 iyun kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi hamda unga Prezident Shavkat Mirziyoyevning salomini yetkazdi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi. 

Vazirga ko‘ra, ushbu uchrashuv Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib bergan. 

“Bugungi uchrashuv mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik aloqalarining mustahkamlanayotganini yana bir bor tasdiqladi hamda keng qamrovli hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratdi”, deya yozadi O‘zbekiston TIV rahbari. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, ikki mamlakatning TIVlari o‘rtasidagi aloqalar ham yaqin orada jadallashadi. 

“Biz barcha sohalarda istisnosiz katta salohiyat mavjudligini ta’kidladik. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida yaqin hamkorlikni jadallashtirib, yanada aniq natijalarga erishish yo‘lida barcha imkoniyatlarni ishga solamiz”, deyiladi Saidovning xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Narendra Modi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing