Saida Mirziyoyeva YeXHT bosh kotibi bilan uchrashdi
Jamiyat
−
08:42 567 1 daqiqa
Kecha, 2 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘li bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Feridun Sinirlio‘g‘li O‘zbekistonga yaqinda amalga oshirgan tashrifi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvini iliqlik bilan yodga olgan. Shuningdek, u YeXHT O‘zbekistonning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.
Suhbat chog‘ida transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt, yoshlar manfaatlarini himoya qilish, gender tengligi hamda sud-huquq islohotlari kabi muhim yo‘nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Feridun Sinirlio‘g‘lini qabul qilgandi. Uchrashuvda YeXHT bilan iqtisodiy-ekologik, siyosiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilingan edi.
Live
Barchasi