Saida Mirziyoyeva Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 9 oktyabr kuni Bryusselda Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashdi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi. 

“Fon der Lyayen xonim bilan muloqotdan mamnun bo‘ldim, O‘zbekiston-Yevropa hamkorligi yanada mustahkamlanib borishiga ishonchim komil”, deb yozdi Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva va Ursula fon der Lyayenning uchrashuvi Global Gateway forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Global Gateway forumi 9-10 oktyabr kunlari Bryussel shahrida bo‘lib o‘tmoqda. 2023 yildagi ilk forum muvaffaqiyatiga tayanilgan holda, u Yevropa Ittifoqining tashqi investitsiya tashabbuslariga bag‘ishlanadi. Bu yilgi tadbir geosiyosiy va geoiqtisodiy muammolar sharoitida jahon miqyosidagi bog‘lanish va infratuzilmani rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratadi.

Ular joriy yilning aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi oliy darajadagi sammit davomida ham uchrashgan edi. O‘shanda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev to‘ng‘ich qizini Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan tanishtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Ursula fon der Lyayen Global Gateway

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing