Saida Mirziyoyeva UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakili bilan uchrashdi
Jamiyat
−
12 dekabr
611Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 12 dekabr kuni UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, Mariya Kastijio bilan ta’lim sohasidagi muammolar va imkoniyatlar hamda barcha uchun bilim olish erkinligini ta’minlashni yaxshilash, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilingan.
“Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, hamkorligimiz natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishimizga qat’iy ishonamiz”, deydi Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Muloqot davomida ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi qayd etilgan.
LiveBarchasi