Saida Mirziyoyeva Putinning odami bilan uchrashdi
Jamiyat
−
15 aprel 1783 1 daqiqa
Bugun, 15 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, uchrashuvda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosi muhokama qilingan.

“Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar e’tibor markazida bo‘ldi. Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi”, deydi Saida Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgani haqida xabar berilgan edi. Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Live
Barchasi