Saida Mirziyoyeva Putinning maxsus vakili bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidentining xalqaro madaniy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Mixail Shvidkoy bilan uchrashdi. U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi. 

Suhbat davomida axborot sohasi va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, shuningdek, ushbu masalalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlarni birgalikda o‘tkazish yuzasidan fikr almashilgan.

Mirziyoyeva e’lon qilgan suratda unga Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov hamrohlik qilganini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ham Shvidkoy bilan ko‘rishib, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli sheriklik kun tartibining bir qancha yo‘nalishlari yuzasidan suhbatlashgan va madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik masalalariga e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Respublikasi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva bilan birga  Bakuda o‘zbek madaniyatiga oid ko‘rgazmani ochib bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva Mixail Shvidkoy maxsus vakil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing