Saida Mirziyoyeva Isroilning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Kecha, 4 iyun kuni Mass-media fondi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben Xillel bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi sahifasida yozmoqda.

“Kecha Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Zeavit Ben Xillel xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Suhbat jarayonida keng qamrovli masalalar muhokama qilindi. Jumladan, Gender tengligi mavzusi va Ko‘ngil ko‘zi kabi xayriya loyihalarining amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi”, deb yozadi u.

Qayd etilishicha, uchrashuv iliq, do‘stona ruhda o‘tgan. Kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib, turli yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

238

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing