Saida Mirziyoyeva birinchi ish kuni qanday o‘tganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari lavozimida ish boshlagani va bugun, 15 aprel kuni Mirziyoyeva ishtirokida ilk yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik. 

Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali birinchi ish kuni qanday o‘tgani, jamoasi va faoliyati haqida ma’lum qildi. 

“Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidagi birinchi ish kunim. Yangi jamoa, mutaxassislar bilan tanishdim, oldimizga qo‘yilgan vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdik.

Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Muammolar ham yetarlicha. Ularni hal qilish tinimsiz mehnat talab etadi. Zimmamizdagi bu vazifalarni Agentlikning kuchli jamoasi bilan birgalikda va hamjihatlikda uddalaymiz, deb ishonaman”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Saida Mirziyoeva

Baholaganlar

157

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing