Saida Mirziyoyeva hozirgi dunyo haqida O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasini aytdi
Jamiyat
−
11:32 1405 2 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan hozirgi dunyoda O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasi haqida nutq so‘zladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 24 sentyabr kuni tongda (AQSH vaqti bilan 23 sentyabr kuni) O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida, Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo‘lib o‘tayotgan tashkilotning kengaytirilgan Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq so‘zlagan. Unda Saida Mirziyoyeva bir qancha global va dolzarb masalalarga to‘xtalgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari nutqida hozirgi dunyo haqida O‘zbekistonning qat’iy pozitsiyasini bildirib o‘tgan. Uning aytishicha, O‘zbekiston tinchlik, ochiqlik va hamkorlik pozitsiyasida.

“Tanlagan yo‘limiz aniq – ochiqlik, yaxshi qo‘shnichilik va muloqot. Biz tinchlik, hamkorlik hamda inson qadr-qimmatini e’zozlash tarafdorimiz”, degan Saida Mirziyoyeva.

Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari nutqida Markaziy Osiyodagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga to‘xtalib o‘tgan.

“Bugun hech bir davlat global muammolarni yolg‘iz o‘zi hal eta olmaydi. O‘zbekiston ishonch va o‘zaro hurmatga asoslangan kelajakni barpo etish yo‘lida munosib hissasini qo‘shishga doimo tayyor”, deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZ Saida Mirziyoyeva bugun, 24 sentyabr kuni (AQSH vaqti bilan 23 sentyabr) Birlashgan Millatlar Tashkilotida bo‘lib o‘tayotgan tashkilotning Bosh Assambleyasi 81-sessiyasi doirasida so‘zlagan nutqi davomida O‘zbekiston uchun inson qadri, uning huquq va manfaatlari har qanday harbiy hamda iqtisodiy salohiyatdan ustun turishi, mamlakat kelgusi yilda Qo‘shilmaslik harakatiga raislik qilishi, O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistonni yolg‘iz qoldirmasligi hamda butun Markaziy Osiyo mamlakatlari endi bir-biriga raqib emas, sherik sifatida qaray boshlagani to‘g‘risida aytib o‘tgani haqida xabarlar tayyorlagandi.
Live
Barchasi