Safsataboz Jirinovskiy shifoxonaga tushib qoldi

Olam

image

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (RLDP) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanganligi sababli Moskvadagi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda rus matbuoti xabar bermoqda.

RIA Novostining yozishicha, siyosatchi Markaziy klinik shifoxonaga yotqizilgan. Ammo unga qanday diagnoz qo‘yilgani nashrga noma’lum.

Shu bilan birga RLDP Jirinovskiyning shifoxonaga yotqizilganini rad qilib, u o‘zini yaxshi his qilayotganini va ishlashda davom etayotganini ma’lum qildi.

Shu o‘rinda qayd etib o‘tamiz, Vladimir Jirinovskiy sobiq sovet davlatlariga aloqador turli xil tuturiqsiz provokatsion fikrlar bildirishi bilan odamlarga yaxshi tanish. Ko‘plab ekspertlar uni "Kremlning og‘zi" deb hisoblaydi.

So‘nggi bor u Qozog‘istonda yanvar oyida yuz bergan tartibsizliklar SSSR tarkibida bo‘lgan barcha respublikalarda sodir bo‘lishini aytgandi.

Avvalroq, rossiyalik siyosatchi Qozog‘istondagi tartibsizliklar vaqtida ko‘rinmay qolgan mamlakatning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni o‘ldiga chiqargandi. Ammo oradan ko‘p o‘tmay,Nazarboyev qozoq xalqiga murojaat yo‘llagan, tirikligini ko‘rsatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Jirinovskiy

Baholaganlar

196

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing