Safe Road’dan ma’lumotlar sizdirilgani aytilmoqda. Kompaniya bayonot berdi

Jamiyat

−

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Safe Road ilovasi foydalanuvçilarining şaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani va Telegram’dagi OSINT botlarida sotuvga çiqarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kompaniya esa bu iddaolarga javoban rasmiy munosabat bildirib, ma’lumotlar tarqalib ketganini rad etdi. 

Tarqalgan xabarlarga köra, xakerlar yoki anonim botlar bazasida fuqarolarning ID-karta ma’lumotlari, jarima tölovlari uçun boğlangan bank kartalari va ilovadan foydalanilgan qurilmalar haqidagi ma’lumotlar borligi aytilgan.

Biroq kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu xabarlarni haqiqatga töğri kelmasligini bildirgan.

“Tarmoqda sotilayotgani aytilgan ma’lumotlar ilova işga tuşirilişidan ança oldin mavjud bölgan turli manbalardan yiğilgan eski ma’lumotlar bölib, ularning kompaniyamizga mutlaqo aloqasi yöq. Hozirda botlar orqali tarqatilayotgan rasmlar va ma’lumotlar asossiz tuhmatdan iborat”, deyiladi bayonotda.

Kompaniya, şuningdek, 1 sentyabrdan e’tiboran Safe Road brendi Safe Service nomi ostida faoliyat yuritayotganini eslatgan. Bayonotda avvalgi brend nomi va logotipidan foydalanib tarqatilayotgan xabarlar yolğon ekaniga ham urğu berilgan.

Qayd etilişiça, haydovçilarning şaxsiy ma’lumotlari Özbekiston qonunçiligi talablariga muvofiq maxsus himoyalangan serverlarda saqlanadi. Ularni uzatiş jarayonida esa şifrlaş usuli qöllanadi.

Kompaniya bunday xabarlarning tarqatilişini bozorda nosoğlom raqobat muhitini yuzaga keltirişga qaratilgan harakat, deb baholagan.

Hozirda mazkur holat böyiça noqonuniy harakatlar manbasini aniqlaş va aybdorlarni javobgarlikka tortiş maqsadida tegişli davlat organlari bilan hamkorlikda iş olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing