Foto: Toshkentda Sadir Japarov sharafiga qabul marosimi tashkil etildi
Jamiyat
−
12 mart 2021 11669 1 daqiqa
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Toshkentga tashrifi birinchi kunida rasmiy tadbirlar yakuniga yetgach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan mehmon sharafiga rasmiy qabul marosimi tashkil etildi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyasi a’zolari, davlat va jamoat arboblari, O‘zbekistondagi qirg‘iz diasporasi vakillari ishtirok etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda qirg‘iz millatiga mansub 300 mingga yaqin fuqarolar yashaydi.

Davlat rahbarlari ular bilan birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, infratuzilma sohalarida umumiy qiymati 900 million AQSH dollaridan ziyod bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshiradi.















Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025