Sadir Japarov Xitoyga boradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov joriy yilning may oyida Xitoyga boradi va u yerda “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi. Bu haqda bugun, 23 mart kuni Xitoyning Qirg‘izistondagi elchisi Du Deven matbuot anjumanida aytib o‘tdi. 

Diplomatning aytishicha, har ikki tomon Japarovning Pekinga bo‘lajak tashrifiga katta ahamiyat berib, tegishli tayyorgarlik tadbirlarini faol olib bormoqda.

Japarov oltita davlat rahbarlari ishtirok etishi kutilayotgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammitida ishtirok etadi. Sammit doirasida mintaqa mamlakatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik mexanizmlari ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 2022 yil yanvar oyida Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari XXR va Markaziy Osiyoning beshta davlati: O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan virtual sammit o‘tkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy Raisi Si Szinpin O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlariga Navro‘z munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida ham ularning sammitdagi ishtirokini intiqlik bilan kutayotganini yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Qirg'iziston C5+1 Sadir Japarov Xitoy-Markaziy Osiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing