Sadir Japarov ertaga O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
17 iyul
7202Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 18-19 iyul kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.
"O‘zaro savdo hajmini oshirish, biznes va hududlar darajasida kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, transport-tranzit sohasidagi imkoniyatlardan foydalanish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirishga alohida e’tibor qaratiladi", deyiladi xabarda.
Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashadi, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Bir qator qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, ayni kunlarda O‘zbekistonda biznes forumi, rektorlar forumi, Qirg‘iziston madaniyati kunlari va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi