Sadir Japarov Bosh vazirni nega ishdan bo‘shatganini tushuntirdi
Olam
−
18 dekabr
9024Bugun, 18 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi yig‘ilishida Prezident Sadir Japarov Vazirlar Mahkamasining sobiq rahbari Oqilbek Japarovni nima uchun ishdan bo‘shatganini tushuntirdi. Bu haqda "24.kg" xabar berdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu Soliq xizmati rahbariyati va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotganda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish maqsadida qilingan.
“Biz soliq tizimidagi salbiy ko‘rinishlardan juda xafamiz. Aksiz markalari bilan bog‘liq firibgarliklar ma’lum bo‘ldi. Bu soha Oqilbek Usenbekovich nazoratida edi, shunga ko‘ra, noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilishi mumkin edi. Manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida Davlat soliq xizmati rahbariyatiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sabab uni lavozimidan chetlashtirishga majbur bo‘ldim”, dedi Sadir Japarov.
Ma’lumot uchun, 2024 yilning 3 dekabr kuni Bishkekda poytaxtning barcha to‘rt tuman bo‘limi soliq xodimlarini ommaviy hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi. Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari “Alfa” jangchilari bilan birgalikda tintuv o‘tkazdi, shundan so‘ng to‘rt bo‘lim boshlig‘i va 30 ga yaqin oddiy xodim so‘roqqa olib kelindi. Keyinroq davlat qo‘mitasi tintuvlar sabablari va hibsga olinganlarning bosh harflarini e’lon qildi.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyev parlamentda so‘zga chiqib, soliq idoralari xodimlari korrupsion sxema tuzib, mamlakat byudjetiga 3,2 milliard som zarar yetkazganini aytdi. Shu bilan birga, u Soliq xizmatining yuqori lavozimli rahbarlari ham hibsga olinishi mumkinligini ta’kidladi.
"24.kg" manbasining xabar berishicha, 5 dekabr kuni Davlat soliq xizmati rahbari o‘rinbosari Islombek Qidirg‘ichev so‘roqqa chaqirilgan, so‘ngra hibsga olingan va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining vaqtinchalik hibsxonasiga joylashtirilgan. Yana bir deputat so‘roqdan keyin qo‘yib yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Oqilbek Japarov 16 dekabr kuni Vazirlar Mahkamasi raisi lavozimini tark etgan edi. U bu lavozimda uch yilu ikki oy ishladi. Uning o‘rniga Odilbek Qosimaliyevni mamlakat Bosh vaziri lavozimiga tayinlandi.
LiveBarchasi