Sabina Boboqulova eng yaxshi sportchi deb topildi

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Ma’lumki, har bir katta turnir yakunida musobaqaning eng yaxshilari e’tirof etiladi. 

Quvonarlisi, ushbu Osiyo chempionatining eng yaxshi bokschisi nomiga qizlar o‘rtasida 48 kilogramm vazn toifasida Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan Sabina Boboqulova munosib ko‘rildi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari yakunda 8 ta oltin, 3 ta kumush hamda 11 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan holda umumjamoa hisobida Osiyoda tengsiz ekanini isbotladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra Sabina Boboqulova

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar