“Sabah” – “Barselona” uchrashuvi rekord o‘rnatishi mumkin
Sport
−
29 avgust 2688 1 daqiqa
Ozarbayjonning “Sabah” va Ispaniyaning “Barselona” jamoalari o‘rtasida Bakuda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv joriy Chempionlar ligasidagi eng uzoq safarlardan biri bo‘ladi. Bu haqda “Report.az” nashri xabar berdi.
2026-2027 yilgi mavsum uchun tasdiqlangan taqvimga ko‘ra, Kataloniya klubi Bakuga yetib borish uchun bir tomonga taxminan 4172 kilometr masofani bosib o‘tadi. Barselonadan Bakuga parvoz taxminan 5 soat 25 daqiqa davom etadi. Shu tariqa, “Sabah” va “Barselona” o‘rtasidagi uchrashuv joriy musobaqada raqib shaharlar orasidagi masofa bo‘yicha rekord o‘rnatishi kutilmoqda.
“Sabah” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliyev to‘p tepadi. Ozarbayjon klubi tarixda ilk bor Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo‘llanma oldi.
“Barselona”dan tashqari, “Sabah” joriy mavsumda o‘z maydonida Germaniyaning “Borussiya Dortmund” va Italiyaning “Napoli” klublariga qarshi ham maydonga tushadi.
Live
Barchasi