Qozog‘iston koronavirus avj olgan mamlakatlardan kelganlarni deportatsiya qiladi

Olam

image

Koronavirus keng tarqalgan mamlakatlardan Qozog‘iston Respublikasiga kelgan odamlar o‘z mamlakatlariga qaytarib yuboriladi. Bu haqda bugun, 5 mart kuni mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Eljan Birtanov ma’lum qildi.

"Aholimizni himoya qilish maqsadida koronavirus avj olgan davlatlardan kelganlarni deportatsiya qilish huquqiga egamiz", dedi Birtanov matbuot anjumanida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, kecha, 4 mart kuni BAAdan Qozog‘istonga ikki Xitoy fuqarosi uchib kelgan. Ular darhol izolyatsiya qilingan va keyinchalik Xitoyga deportatsiya qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, yangi koronavirus dunyo bo‘ylab tez suratda tarqalmoqda. Xitoydan tashqari, Janubiy Korea, Eron va Italiya bu virusning asosiy o‘chog‘i bo‘lib turibdi. Hozirda koronavirus bilan 96 215 kishi kasallangan. Koronavirusga chalinganlarning 53 429 nafari davolandi. Bemorlarning 6421 nafari yoki 16 foizi og‘ir ahvolda qolyapti. 32 821 nafar kasalning ahvoli qoniqarli. Virusdan halok bo‘lganlar soni 3203 nafarga yetdi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qozog'iston Koronavirus

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing