Saakashvili Ukrainada uni qanday lavozim kutib turgani haqida gapirdi

Olam

image

Gruziyaning sobiq Prezidenti va Odessa viloyatining sobiq rahbari Mixail Saakashvili Ukraina hokimiyatida o‘zining kelajagi masalasiga oydinlik kiritdi. Bu haqda “Deutsche Welle” ma’lum qilmoqda.

Saakashvili Ukrainaning Milliy islohotlar kengashiga tayinlanadi. Unda u ijroiya qo‘mitaning rahbari bo‘ladi. Gruziyaning sobiq Prezidenti bu ishlar qachon bo‘lishiga aniq ma’lumot taqdim etmagan.

Milliy islohotlar kengashi 2014 yilda Ukrainaning beshinchi Prezidenti Petro Poroshenkoning farmoni bilan tuzilgan va davlat rahbari huzuridagi maxsus maslahat organi hisoblanadi.

Joriy yilning 22 aprel kuni ma’lum bo‘lishicha, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Saakashviliga islohotlar bo‘yicha vitse bosh vazir lavozimini egallashni taklif qilgan. Gruziya hukumati bir qancha jinoyatlarda ayblangan sobiq Prezident Ukrainada biror lavozimga tayinlansa, Kiyevdagi elchini chaqirib olinishi bilan ogohlantirdi. Keyinchalik, Saakashvilining nomzodi uchun Oliy Radada zarur miqdordagi ovozlar to‘planmagani haqida ma’lum qilindi.

30 aprel kuni parlamentdagi “Xalq xizmatchisi” fraksiyasining rahbari David Araxamiya Ukraina hukumati Saakashvili uchun yangi lavozim topganini aytdi. Biroq deputat aynan qanday lavozim ekanligini aytishdan bosh tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Mixail Saakashvili

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing