6 mart soat 00:01 dan Idlibda o‘t ochish to‘xtatiladi – Erdo‘g‘an
Olam
−
06 mart 2020
87626 mart soat 00:01 dan boshlab Idlibda tinchlik sulhi kuchga kirib, o‘q otish to‘xtatiladi. Bu haqda bugun, 5 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlaridan keyin ma’lum qilindi.
Putin va Erdo‘g‘an bugun Moskvadagi Kreml saroyida uchrashdilar. 2 soat 40 daqiqa davom etgan yakkama-yakka uchrashuvlardan keyin yana uch soat kengaytirilgan doiradagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Jami olti soatlik uchrashuvlardan keyin ikki davlat rahbarlari OAVga bayonot berdilar.
Erdo‘g‘an so‘zi avvalida Rossiyaga taklif etgani uchun Vladimir Putinga minnatdorlik bildirib, rus va turk xalqlarining tarixiy ildizi chuqur ekaniga ishora qildi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar 5 asrlik tarixga ega ekanini qayd etib, bu yil diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 100 yil to‘layotganini alohida ta’kidladi.
Bayonot chog‘ida Turkiya rahbari “Suriyaning Idlib shahrida sulh bugun kechqurun, 00:01dan kuchga kiradi”, dedi.
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Idlib deeskalatsiya zonasi holatini o‘zgartirishi kerak.
"Turkiya ushbu mamlakatning hududiy yaxlitligi va siyosiy birligiga asoslangan holda Suriyadagi inqirozga echim topilguncha, tashabbuslarni, shu jumladan Sochi kelishuvlarini amalga oshirishda davom etadi", deydi Prezident Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari Idlib shartnomasini buzganlik uchun barcha javobgarlik Bashar Asad tarafdorlari zimmasida ekanligini ta’kidladi. Uning fikricha, Asad tarafdorlarining tajovuzkor harakatlari mintaqadagi vaziyatni izdan chiqargan.
“Shubhasiz, Asad rejimining asosiy maqsadi Idlib aholisining omon qolishi va shu bilan Turkiyaga yangi migratsiya bosimining to‘lqinini shakllantirishdir”, deydi Erdo‘g‘an.
Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiya Idlib deeskalatsiya zonasida Bashar Asad rejimi tarafdorlarining tajovuzkor harakatlarining oldini olish uchun faol choralar ko‘rmoqda.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Turkiya va Rossiya imkon qadar qisqa vaqt ichida sulhga amal qiladi va shundan keyin tomonlar kelishgan holda boshqa qarorlar qabul qiladi.
“Turkiya Bashar Asad tarafdorlarining har qanday hujumlariga javoban kuchli zarba berish huquqini o‘zida saqlab qoladi”, deydi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari Suriya muammosini hal etishda Rossiya bilan aloqalarini yuqori baholadi.
"Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik ruhi Suriyadagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha xalqaro harakatlarga misli ko‘rilmagan hissa qo‘shdi", deydi Erdo‘g‘an.
LiveBarchasi