Saakashvili Gruziyaga ochlik xavf solishidan ogohlantirdi
Olam
−
11 may 2020
5306Gruziya sobiq Prezidenti, Ukrainani isloh qilish bo‘yicha ijroiya qo‘mitasi rahbari Mixail Saakashvili agar Kiyev va Tbilisi o‘rtasidagi munosabatlar buzilsa, Gruziya xalqi ochlikka duchor bo‘lishini aytdi. U bu haqda “Mtavari Arxi” telekanali efirida ma’lum qildi.
Uning fikricha, Gruziya Ukrainaga ko‘proq muhtoj, aksincha emas. Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Gruziya do‘konlarida xarid qilinadigan narsalarning aksariyati “masalan, don, grechka, go‘sht mahsulotlari, kolbasa, sut” Ukrainadan keltiriladi.
“Ukraina bizning mahsulotlarimiz uchun juda muhim bozor. Ukraina bilan munosabatlarga soya tushirish falokatga olib keladi va ertaga Gruziyada odamlar ochlikdan o‘ladi”, dedi Saakashvili.
Ma’lumot uchun, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 7 may, payshanba kuni Mixail Saakashvilini islohotlar qo‘mitasi raisi etib tayinladi. Shundan so‘ng, Gruziya Kiyevdagi o‘z elchisini chaqirtirib oldi. Sababi Mixail Saakashvili Gruziyada Prezidentlik qilgan vaqtda ko‘plab jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab kelinadi.
LiveBarchasi