Saakashvili Gruziyaga nima maqsadda kelgani aytildi

Olam

image

Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili respublikada davlat to‘ntarishini amalga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqda hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze ma’lum qilgan.  

“U Gruziyaga davlat to‘ntarishi va mamlakatda tartibsizliklarni keltirib chiqarish uchun kelgan. Shunga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari uning yangi jinoyatining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rdi”, degan Kobaxidze. 

O‘z navbatida Gruziya parlamenti spikeri Kaxa Kuchava Ukraina fuqarosi Mixail Saakashvilining hibsga olinishi Tbilisi va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir qilmasligi va keskinlashtirmasligini ma’lum qilgan. 

“Hech narsa gruzin-ukrain qardoshlik munosabatlarini yomonlashtirmaydi. Milliy harakat rahbarining hibsga olinishi Gruziyada provokatsiyalarga o‘rin yo‘qligiga yaxshi misol bo‘lishi kerak”, degan Kuchava. 

Eslatib o‘tamiz, Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili kecha, 1 oktyabr kuni vataniga qaytganida hibsga olindi. Biroz o‘tib, u hibsxonada ochlik e’lon qilgani ma’lum bo‘ldi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ayni vaqtda Ukraina fuqarosi hisoblangan Saakashvilining Tbilisida hibsga olingani haqidagi xabardan xavotirda ekani ma’lum qilindi.  

Ma’lumot o‘rnida, Mixail Saakashvili 2004-2013 yillarda Gruziya Prezidenti bo‘lgan. Prezidentlik muddati tugashiga oz vaqt qolganida u mamlakatni tark etgan. Shundan so‘ng, unga nisbatan to‘rtta jinoiy ish ochilgan, ulardan ikkitasi bo‘yicha 2018 yilda hukm chiqarilgan: 

•    Tbilisi shahar sudi Saakashvilini 2006 yilda Gruziya Birlashgan banki xodimi Sandro Girgvlianining o‘ldirilishida sirtdan uch yilga ozodlikdan mahrum qilgan;
•    o‘sha yilning iyun oyida sud 2005 yilda deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi ishi bo‘yicha sobiq Prezidentni olti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Ukraina Saakashvili

Baholaganlar

161

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing