O‘zbekistonlik ikki nafar bokschi keyingi bosqichga yo‘l oldi
Sport
−
06 mart 2020
5695Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo/Okeaniya mintaqalari uchun Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqaning navbatdagi kuni yakuniga yetdi.
Kecha, 5 mart kuni 3 nafar o‘zbekistonlik bokschilar saralash bosqichi doirasida ringga ko‘tarildi.
Dastlab, Elnur Abduraimov (-63 kg) filippinlik Jeyms Palist ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, Fanat Qahramonov (-75 kg) ham o‘z vazn toifasida keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. Biroq kutilmaganda -81 kilogramm vazn toifasida jahon chempionatining amaldagi finalchisi Dilshod Ro‘zmetov avstraliyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
-63 kg: Elnur Abduraimov – Jeyms Palist (Filippin) 5:0
-75 kg: Fanat Qahramonov – Yansen Poutoa (Samoa) 5:0
-81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Paulo Aokuso (Avstraliya) 2:3
Jahongir Sotvoldiyev
LiveBarchasi