Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari YTH qurboni bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari yo‘l transporti hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat hokimligining Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa joriy yilning 14 yanvar kuni “Uychi-Namangan” trassasida yuz bergan.

Manzuraxon Azizova olgan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

Ma’lumot o‘rnida: M.Azizova 2006-2015 yillarda Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2017 yildan Uchqo‘rg‘on tumanining ko‘ptarmoqli poliklinikasida bosh vrach lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

262

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing