Ryazanda halok bo‘lganlarning jasadi Vataniga yetkazilmoqda
Olam
−
07 avgust 2019
45736 avgust kuni Rossiyaning Ryazan oblastidagi M-5 Ural-Ryazan trassasida ichida tojikistonliklar bo‘lgan mikroavtobus avtohalokatga uchradi. Mikroavtobus ichida bo‘lgan olti tojikistonlik halok bo‘lgani va yana olti nafari yaralangan. Bu haqda ASIA Plus xabar bermoqda.
Tojikiston Mehnat vazirligi vakili Ibrohim Ahmadovning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning shaxslari aniqlangan. Hozirda jasadlarni o‘z vatanlariga yuborish choralari ko‘rilmoqda.
"Aviahalokatda halok bo‘lgan olti kishining barchasi Tojikiston fuqarolari, ularning orasida 14 yoshli qiz ham bo‘lgan," dedi Ahmadov.
Ahmadovga ko‘ra, Tojikiston elchixonasi va Ryazandagi tojik diasporasi bilan birgalikda halok bo‘lganlarning jasadlarini o‘z Vatanlariga yuborish choralarini ko‘rmoqda. Vakolatxona jabrlanganlarga shifoxonalarda ham yordam beradi.
LiveBarchasi