Ro‘zg‘or dardida Turkiyaga ketgan 54 yashar o‘zbekistonlik “stanok” ostida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Turkiyaning Sakarya viloyati So‘g‘utli tumanida joylashgan sanoat zonasidagi alyumin zavodida 54 yoshli o‘zbekistonlik ishchi press dastgohi ostida qolib, fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi. 

Voqea joriy yilning 8 may kuni sodir bo‘lgan. Zavodda ishlovchi o‘zbekistonlik O.E. hozircha noma’lum sababga ko‘ra ulkan press dastgohi ostida qolib ketgan. Hamkasblarining xabariga ko‘ra, voqea joyiga ko‘p sonli o‘t o‘chirish, tez yordam va politsiya guruhlari yetib borgan.

Ishchi voqea joyining o‘zida hayotdan ko‘z yumgan. 

Hodisadan so‘ng o‘tkazilgan surishtiruvlar davomida marhum O.E. ishlash va yangi hayot boshlash maqsadida 2026 yil 22 mart kuni Turkiyaga qonuniy yo‘llar bilan kirib kelgan. Uning Turkiyadagi mehnat faoliyatiga hali ikki oy to‘lmasdan yuz bergan bu fojia oilasi va hamkasblarini chuqur qayg‘uga solgan. 

Voqea joyidagi dastlabki tekshiruvlardan so‘ng Respublika prokuraturasi tomonidan sud-tergov ishlari boshlandi. Politsiya va mehnat xavfsizligi mutaxassislari fojia ehtiyotsizlik oqibatidami yoki texnik nosozlik tufayli kelib chiqqanini aniqlash uchun zavodning xavfsizlik kameralari yozuvlari va uskunalarni sinchkovlik bilan tekshirmoqda.

O.E.ning jasadi o‘limning aniq sababini aniqlash maqsadida Sakarya o‘quv-tadqiqot shifoxonasining sud-tibbiyot ekspertizasi markaziga yuborilgan. Tergov-surishtiruv ishlari tufayli zavoddagi ishlab chiqarish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik vafot etdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing