Rustam Shoabdurahmonov vazifasidan ozod etildi

Sport

image

Bugun, 17 fevral kuni  O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi ijroqo‘mining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda 2019 yilning may oyidan beri MOQ raisi lavozimida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonovning o‘z xohishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda Rustam Shoabdurahmonov so‘nggi yillarda davlat rahbarining jismoniy tarbiya va sportga qaratayotgan ulkan e’tibori, sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

O‘z navbatida, Rustam Shoabdurahmonovning arizasi ijroqo‘m a’zolari tomonidan qabul qilindi. 

Milliy olimpiya qo‘mitasiga yangi rahbar MOQning navbatdan tashqari Bosh assambleyasi yig‘ilishda saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rustam Shoabdurahmonov 2019 yil 15 may kuni Umid Ahmadjonov o‘rniga Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi etib saylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Shoabdurahmonov

Baholaganlar

709

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing